Thu. May 23rd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, uning o‘rinbosarlari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rildi.

 

Mehnat bandligi, moddiy yordam, uy-joy ta’miri va tadbirkorlarning turli mavzudagi murojaatlari qabuldagi eng dolzarb masalalar bo‘ldi. Joyida hal etilmagan muammolar bo‘yicha berilgan topshiriqlarga mahallalar mutasaddilari ham mas’ul etib belgilandi va Marufjon Usmonovning shaxsiy nazoratiga olindi.