Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari

shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari va vakolatlari – Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-09-27 | 20:14h
update
2024-09-27 | 20:14h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Таҳrirlanmoqda
1. Quyidagilar shahar hokimining o‘rinbosari-shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o‘rganish va baholash;

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko‘maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko‘maklashish;

oilada, mahalla va mehnat jamoatlarida xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va harakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashda ishtirok etish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

mahallalar, o‘quv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarni yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etadi, ayollar o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish;

xotin-qizlarni ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotini ta’minlashga, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi. Mahalla fuqarolar yig‘inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchilari ishini takomillashtirishda ishtirok etadi. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular o‘rtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish;

xotin-qizlarni shaharning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga keng jalb etish;

shahardagi fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar faollari faoliyatini rivojlantirish, ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;

ayollarni ijtimoiy muhofaza etilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning mehnatga doir huquqlarini himoya qilinishini tahlil etib borish;

oilani mustahkamlash va jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilinishi choralarini ko‘rish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayollarni sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;

oila va bolaga, yolg‘iz va ko‘p bolali onalarga, nogiron xotin-qizlarga yordam berish masalasi bilan shug‘ullanuvchi davlat, jamoat va xayriya tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida ayollar va xotin-qizlar manfaatlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorligini ta’minlash;

tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

Advertisement

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Shahar hokimi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadigan hududiy komissiyalar va kengashlarga raislik qiladi.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning shahar hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
shahar xotin-qizlar qo‘mitasi;

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi shahar bo‘limi;

“Qizil yarim oy” jamiyati va “Oila” ilmiy-amaliy markazi shahar bo‘limi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
27.09.2024 - 20:14:51
Privacy-Data & cookie usage: