Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda murojaatlardagi masalalarga aloqador mutasaddi rahbarlar va shahar hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Qabulda fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilash, moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab muammolari hal etildi.
Qabulda Marufjon Usmonov ijtimoiy ro‘yhatlarga kiritilgan fuqarolarning sog‘lig‘ini tiklash, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash borasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqib, joyida hal etish choralarini ko‘rdi.
#ozbek #ozbekiston #qoqon #kokand #hokim #qoqonhokimi #qoqonshaharhokimligi