Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasi hududida qurib bitkazilgan ATB “Qishloq qurilish bank” ma’muriy binosini foydalanishga qabul qilish haqida.

 

Qo‘qon shahar hokimining 2016 yil 30 maydagi 274-sonli qaroriga asosan A.Temur ko‘chasi hududidan ATB “Qishloq qurilish bank”ga ikki qavatli ma’muriy bino qurish uchun 1800,0 m2 yer maydoni ajratib berilgan.

 

Bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanganligi sababli A.Temur ko‘chasi hududida qurib bitkazilgan ma’muriy binoni foydalanishga qabul qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan

 

Қ А Р О Р Қ И Л А М А Н:

 

1. Qo‘qon shahrida qurilishi tugallangan ob’ektni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi Davlat qabul komissiyasining 2019 yil 10 dekabrdagi “A.Temur ko‘chasi hududida qurib bitkazilgan ATB “Qishloq qurilipsh bank”ning ikki qavatli ma’muriy binosini foydalanishga qabul qilish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

 

2. Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasi hududida joylashgan qurilish egallagan maydoni 600,0 m2 dan iborat ATB “Qishloq qurilish bank”ning ikki qavatli ma’muriy binosi foydalanishga qabul qilinsin.

 

3. Farg‘ona viloyati “Ermulkkadastr” DKning Qo‘qon shahar filiali boshlig‘i (B.Erkabaev) zimmasiga ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida qonunda belgilangan muddatda va tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish vazifasi yuklatilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimi o‘rinbosari E.To‘xtaboev zimmasiga yuklatilsin.

 

Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov
05.01.2021