Wed. Apr 24th, 2024

Qo‘qon shahar A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududidan fuqaro Raximova Munavvarxon Djuraxonovnaga ikki qavatli (1-qavaida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) bino qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida.

Qo‘qon shahar hokimining 2007 yil 26 iyuldagi 335-sonli qarori bilan Raximova Munavvarxon Djuraxonovnaga tikuvchilik sexi binosi qurish uchun ajratilgan yer maydoni shahar hokimining 2008 yil 16 maydagi 234-sonli qaroriga asosan “Yoshlar bog‘i” hududidagi biriktirib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensasiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Nizomga asosan fuqaro Raximova Munavvarxon Djuraxonovnaga yer maydoni ajratib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bayon qilinganlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,20,23,41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan.

QAROR QILAMAN:

1. Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning 2021 yil 11 yanvardagi “A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududida fuqaro Raximova Munavvarxon Djuraxonovnaga ikki qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) bino qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

2. Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasi 157v-uyda yashovchi fuqaro Raximova Munavvarxon Djuraxonovnaga A.T.Ho‘qandiy mavzesi hududidan ikki qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 2-qavatida turar-joy) bino qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan 280,0 m2 yer maydoni ajratib berilsin.

3. Buyurtmachi Raximova Munavvarxon Djuraxonovna zimmasiga: qurilishi rejalashtirilayotgan ob’ektni loyihalashtirish uchun Davlat xizmatlari agentlegiga arxitektura rejalashtirish topshirig‘i (ART-1, ART-2) ishlab chiqish uchun buyurtma berish; Farg‘ona viloyati Qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi ruxsatisiz qurilish ishlarini boshlamaslik; qurilish ishlarini O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik kodeksi” va “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni hamda shaharsozlik, qurilish, sanitariya norma va qoidalari talablariga asosan bajarish; binolarning fasad qismini va binolar oldi tomonini obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik Kodeksi” “Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish haqida”gi 8-moddasi, Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 9-martdagi “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari” xaqidagi 59-sonli qarori talablari asosida bajarish vazifasi yuklatilsin.

4. Kelgusida ajratilayotgan yer maydonidan belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanilganda yoki yer maydonini samarasiz holatga keltirib qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasi “Er Kodeksi”ning 36-moddasiga asosan shahar zahirasiga qaytarib olinishligi belgilab qo‘yilsin.

5. Ushbu qaror tasdig‘i Xalq deputatlari shahar kengashidan so‘ralsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari E.Tuxtaboev zimmasiga yuklatilsin.

Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov
14.01.2021