Wed. Jun 26th, 2024

Bog‘iston ko‘chasi hududidagi bo‘sh turgan binoni Davlat aktivini saqlagan holda Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazish haqida.

 

Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 iyuldagi “Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4771-sonli qarori ijrosi asosida Bog‘iston ko‘chasi hududida joylashgan bino-inshootlar o‘rganilganida bino-inshootlardan foydalanilmasdan, samarasiz holatda ekanligi aniqlangan. Ushbu bino-inshootlardan samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilish maqsadida bino-inshootlarni Davlat aktivini saqlagan holda Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Yuqoridagilarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 iyuldagi PQ-4771-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Er Kodeksi” 7,26,36-moddasi, “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6,25-moddalariga asosan.

 

QAROR QILAMAN:

1. Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalarini egalik qilishga foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizasiya qilish) komissiyasining 2021 yil 12 yanvardagi “Bog‘iston ko‘chasi hududidagi bo‘sh turgan bino-inshootlarni Davlat aktivini saqlagan holda maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilish uchun, Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazish haqida”gi dalolatnomasi tasdiqlansin.

 

2. Bog‘iston ko‘chasi hududida joylashgan umumiy yer maydoni 11365,0 m2, qurilish egallagan maydoni 1482,43 m2 dan iborat bino-inshootlarni Davlat aktivini saqlagan holda maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilish uchun Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazib berilsin.

 

3. Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari I.Mirzaeva zimmasiga Bog‘iston ko‘chasi hududida joylashgan bino-inshootlarni tegishli tartibda qabul qilib olish vazifasi yuklatilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosining nazorati shahar hokimining o‘rinbosari E.Tuxtaboev zimmasiga yuklatilsin.

 

Qo‘qon shahar hokimi: M.A.Usmonov
14.01.2021