Fri. Jun 14th, 2024

Qo‘qon shahar Yangi Dehqon ko‘chasi 2a-uyda joylashgan bino va inshootlarni maktabgacha ta’lim bo‘limi balansiga o‘tkazish haqida.

 

 


Qo‘qon shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi shahar hokimligiga qilgan yozma murojaatida Yangi dehqon ko‘chasi 2a-uyda joylashgan Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bin-inshootlarni maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish uchun maktabgacha ta’lim bo‘limi balansiga o‘tkazib berishni so‘ragan.

 

 


Bayon qilanganlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat xokimiyati to‘g‘risida”gi qonuni 6,25-moddalari, “Normativ-xuquqiy xujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining 19-21-moddalariga asosan.

 

 

QAROR QILAMAN:

>1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasining 2020 yil 30 dekabrdagi 13-05/07-934-sonli roziligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

 


2. Qo‘qon shahar Yangi dehqon ko‘chasi 2-uyda joylashgan Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi umumiy yer maydoni 2200,0 m2, qurilish egallagan maydoni 384,009 m2 dan iborat bo‘lgan bino-inshootlar Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi balansiga o‘tkazib berilsin.

 

 


3. Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlariga Yangi dehqon ko‘chasi 2-uyda joylashgan bino-inshootlarni tegishli tartibda topshirish va qabul qilib olish vazifasi yuklatilsin.

 

 


4. Ushbu qaror ijrosini nazorati shahar hokimining o‘rinbosari E.Tuxtaboev zimmasiga yuklatilsin.

 

 


Qo‘qon shahar xokimi: M.A.Usmonov
14.01.2021