Sat. Apr 20th, 2024

II-Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida Qo‘qon shahrida obod etilayotgan muqaddas qadamjolar qatori, XIX asrda yashagan Oyazm otin dafn etilgan qabriston ham ta’mirlanmoqda.

 

Tariqat ilmida mukammal bo‘lgan ayol dafn etilgan joy xalq orasida ko‘proq “Sux mozor” nomi bilan ma’lum. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bu yerda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishib, savob ishga o‘z hissasini qo‘shdi.

 

Qilgan duolari ijobat bo‘lgan Oyazm otin dafn etilgan ziyoratgoh hozir ham mamlakatimiz va qo‘shni davlatlardan kelayotgan ziyoratchilarning e’tiborini jalb etib kelmoqda.