Mon. May 20th, 2024

Marufjon Usmonov o‘zi ta’lim olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yaponiya ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shahar hokimining avvalgi tashrifi davomida bergan ko‘rsatmalariga asosan maktabga yangi jixozlar va santexnika keltirildi.

Marufjon Usmonov maktab mutasaddilari bilan muloqot qilib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yana-da yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.