Wed. Jun 26th, 2024

Marufjon Usmonov o‘zi ta’lim olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan milliy cholg‘uchilik to‘garagi faoliyati bilan tanishdi.

Ayni paytda maktabda tasviriy san’at, musiqa, kitobxonlik, milliy cholg‘uchilik, kompyuter savodxonigi, pazandachilik va turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Shahar hokimi maktab o‘quvchilarining dutor chalish mahoratlarini kuzatib, mutasaddilarga yoshlarning bo‘sh vaqtlarini yana-da mazmunli tashkil etish, iqtidorlarini namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.