Marufjon Usmonov o‘zi ta’lim olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yaponiya ta’lim tizimi bo‘yicha tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari bilan muloqot qilib, bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rdi.
Shahar hokimi yoshlarga fanlarni yana-da mustahkam egallashlarini, axborot texnologiyalarini hozirdan mukammal o‘rganishlarini tilab, ta’lim planshetlarini tantanali ravishda topshirdi.
Endilikda mobil multimedia uskunalari yapon tilini o‘rganib borayotgan yoshlarga ta’lim jarayonini yana-da qiziqarli va ko‘rgazmali tashkil etish, uy vazifalarini elektron uslubda bajarish imkonini beradi.