Sat. Jun 22nd, 2024

2-Ixtisoslashtirilgan Prezident maktabda o‘tkazilgan “Yashil makon” ommaviy ko‘kalamzorlashtirish aksiyasida Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida sektorlar rahbarlari qatnashdilar.

Marufjon Usmonov ta’lim muassasasi o‘quvchilari bilan birgalikda mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekib, “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga, bu umummilliy harakatning natijasini ko‘rsatib, havas bilan bu savobli ishda ishtirok etishga chaqirdi.

Agrotexnik qoidalar asosida, mutaxassislar nazoratida ekilgan ko‘chatlarni parvarish etish uchun mas’ullar belgilandi.