Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon shahrida boshlangan “Yashil makon” aksiyasi doirasida Marufjon Usmonov o‘zi ta’lim olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, ko‘kalamzor hududlarni parvarishlashda ishtirok etdi.

Shahar hokimi maktab o‘quvchilari bilan muloqot qilib, ko‘chatlarni sug‘orish, yerini chopish, lat yegan daraxtlarni davolash, bir necha ko‘chatlarni ulash haqida ma’lumot berdi.