Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 47-“Rayxon” mahallasida o‘tkazilgan ommaviy ko‘kalamzorlashtirish tadbirida ishtirok etdi.

 

🍏 Davlatimiz rahbari tomonidan olg‘a surilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda, obodonlashtirish boshqarmasi, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Mahalla hududidagi yer maydonlarida 250 dan ziyod olma, gilos, shaftoli, o‘rik va bodom ko‘chatlari ekilib, parvarishlash uchun mas’ullar biriktirildi.

yashilmakon #daraxt #kochat #mahalla