Ikkinchi bor 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari shahar hokimining e’tiboriga sazovor bo‘ldilar. Yapon tilini mukammal o‘zlashtirayotgan yoshlarga plashetlar multimedia uy vazifalarini bajarishda qo‘l keladi.
Marufjon Usmonov sinfxonalardagi harorat, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ham o‘rgandi. Rus tili darsida ishtirok etayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqot qilib, bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rdi.