Fri. Jun 14th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatishdagi xizmatlari uchun Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Vatanparvar” tashkiloti 30 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishoni, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

 

Tashkilotning Farg‘ona viloyati kengashi raisi Mahmudjon Mirzaev Qo‘qon shahar hokimiga minnatdorchilik izhor etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.