Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Sep 16th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-12-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan Qo‘qon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovchning shahar xalqiga
MUROJAATI
Assalomu alaykum hurmatli Qo‘qonliklar!
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 11-12-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashriflari, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida Qo‘qon shahrini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, qator mas’uliyatli topshiriq va vazifalari berildi.
Qo‘qon shahar aholisi 307 mingga yaqinlashganini inobatga olib, shaharda salohiyatli tadbirkorlar ko‘pligi, imkoniyat ham, sharoit ham keragidan ortiqligi, agar to‘g‘ri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish o‘rni va eksportni karrasiga oshirish mumkinligini ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqdim.

Birinchidan, Aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish orqali shaharni ishsizlikdan va kambag‘allikdan holi xududga aylantirish bo‘yicha dasturim qo‘yidagicha. Jumladan, Qo‘qon shahrida aholi soni 306 384 nafarni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich yiliga 2 000 taga ko‘payib borayotganini hisobga olsak, yiliga 7 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta maktab, 900 ta xonadon quriladi va 12 500 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak bo‘ladi.

Qo‘qon shahrida hozirgi kunda 7 817 nafar ishsiz va 6 726 ta kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, ulardagi aholi soni 19 229 nafarni tashkil etadi.
Yil yakuniga qadar Qo‘qon shahri ishsizlikdan va kambag‘allikdan holi hudud bo‘ladi.

Buning uchun Qo‘qon shaxar bandlik dasturiga asosan joriy yilning qolgan 2-yarmida shaharda 7 817 nafar aholi ish bilan ta’minlanib, ulardan 987 nafari investitsiya loyihalari hisobiga, 5 565 nafari xizmat ko‘rsatish sohasiga, 1 265 nafari qurilish sohasiga jalb etiladi. Shuningdek, 3,8 ming nafar aholi biznesga jalb qilinadi. Shundan 615 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka, 3,2 ming nafari o‘zini-o‘zi band qilish hisobiga daromadli qilinadi.

Yurtboshimiz tomonidan, mahalla yettiligida qanday ishlash kerakligi bo‘yicha tajriba to‘plandi, ularga bank-moliya instrumentlari bilan ko‘maklashish joriy qilindi.
Ehtiyojmand aholi daromad manbai bilan ta’minlanmasa, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta murojaat etishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu, bois, har bir mahallada yiliga kamida 20 tadan (jami 1 560 ta) mikroloyihalar amalga oshirilib, 3 900 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Aholi va tadbirkorlarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 37,0 mlrd so‘m miqdorida “Biznesga birinchi qadam” kreditlari ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan 25 ta uchrashuvlar tashkil etilib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha master klasslar o‘tkazilib, 1,4 ming faol mijozlar jalb etiladi, natijada joriy yilda 5,8 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Ikkinchidan, Sanoat, qurilish, turizm va xizmatlar sohasida zahira va imkoniyatlarni ishga solish orqali shahar iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishida
Davlatimiz rahbari tomonidan ajratib berilgan Qo‘qon shahriga yondosh hududdagi 230 gektar yer maydonida
1,0 mlrd. dollar investitsiya kiritish hisobiga “Qo‘qon Texnopark”ni tashkil etish orqali eksport xajmi bosqichma-bosqich 200 mln dollarga yetkaziladi.
Buning natijasida 10 mingdan ziyod yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratiladi, 3,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va xizmat ko‘rsatiladi hamda byudjetga qo‘shimcha 114,4 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushum bo‘ladi.

Qo‘qondagi mexanika zavodining 11 gektarida Kimyo Texnoparkini tashkil qilish va joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishni boshlash rejalashtirilgan.
Qo‘qon shahrida avval xususiylashgan korxonalarning bino-inshootlari negizida 33 ta bino-inshootga investorlar jalb qilinib, kamida 60 million dollar investitsiya kiritiladi va 1 450 ta ish o‘rni yaratiladi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida “Yangi O‘zbekiston” mahalla massivlari tashkil etiladi. Ushbu turar joy majmualari 7-10 qavatdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda shaharning 5 ta mahallasi tanlab olinadi va 2024-2028-yillarda ma’nan eskirgan 2 qavatli uy-joylar negizida renovatsiya qilish, ikkinchi bosqichda shaharga yondosh bo‘lgan hududda 120 ta ko‘p qavatli turar joy uylar qurish hisobidan amalga oshiriladi.

Qo‘qon Xunarmandlar markazi majmuasi xududida “Yashil bog‘” barpo etiladi hamda zamonaviy bolalar o‘yingohi va attraksionlar o‘rnatiladi.
Davlatimiz rahbari tomonlaridan Qo‘qondagi “Tepaqo‘rg‘on” arxeologik yodgorligiga turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard so‘m ajratildi.
“Tepaqo‘rg‘on” arxeologik yodgorligida loyiha asosida osmon ostida muzey tashkil etiladi hamda dam olish, savdo-servis va ko‘ngilochar muassasalar barpo etiladi.
Qo‘qon shahridagi korxona, tadbirkor, tashkilot va muassasalarga qarashli Shoximardon va Yordon qishloqlarida joylashgan dam olish maskanlari qayta ta’mirlanadi. Qo‘shimcha, Namangan viloyati Qamchiq dovoni xududida joylashgan dam olish maskanlari turistlarni qabul qilish darajasida ta’mirlanadi.

Yangi o‘quv yilidan Qo‘qon universiteti turizm fakultetida Italiya, Fransiya va Shveysariya o‘quv dasturlari joriy qilinadi, xorijiy mutaxassislar taklif etiladi.
Qo‘qon shahar 29-umumtalim maktabining 0,8 gektar bo‘sh turgan yer maydonida DXSh asosida “Paramaunts Edyukeyshn” kompaniyasi tomonidan 1 000 o‘rinli horijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy maktab tashkil etiladi.

Qo‘qon shahrida “besh yulduzli” 5 ta mehmonxona qurish loyihasi amalga oshiriladi. 100 dan oshiq dam olish, savdo-servis va ko‘ngilochar maskanlar barpo etiladi.
Bundan tashqari, shahrimizda hizmatlar sohasini rivojlantirish choralari ko‘riladi, joriy yilda 6 ta 24/7 tizimida ishlaydigan xizmatlar ko‘chasi tashkil etiladi.
O‘tgan yilga nisbatan ish o‘rnini 3 000 ta kamaytirgan hamda eksportni amalga oshirmagan 20 ta korxonalarning har biri bo‘yicha aloxida yo‘l xaritalari ishlab chiqib, birma-bir shug‘ullanib, tiklash bo‘yicha birma bir amaliy chora-tadbirlar ko‘raman.

Uchinchidan, Investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirish
Qo‘qon shaxrida joriy yilda investitsiyalarni faol jalb etish bo‘yicha qiymati 1,2 trln. so‘mlik 33 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 989 ta ish o‘rni yaratiladi.
Joriy yil yakuni bilan kamida 110,5 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlar o‘zlashtiriladi.
Qo‘qon shahridagi barcha korxonalarni ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirmaslik, muntazam ish faoliyatini olib borish, loyihalarni ishga tushirish muddatlarini tezkor xal etish, samaradorlikni oshirish hamda barcha korxonalarga yordamlashish choralarini ko‘raman.

Qo‘qon shahrida yil yakuniga qadar 102,8 mln. dollar sanoat mahsulotlari va meva-sabzavotlar eksporti amalga oshiriladi, 14 ta korxonalar eksportga jalb etilib, 4 ta xorijiy davlatlardagi yangi bozorga eksport amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, shaharda faoliyat yurituvchi eksportyor korxonalarni “yashil energiya”ga o‘tkazish hamda mahsulotlari tannarxini pasaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

To‘rtinchidan, Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy, madaniy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha.

Davlatimiz rahbari tomonlaridan yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat va sadoqat, bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadriga yetish va shukronalik tuyg‘ularini chuqur singdirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda nuroniylar, imom-xatiblar, mahalla faollaridan iborat Oqsoqollar kengashi va ota-onalar guruhlarini tuzish taklifi ilgari surildi.
Qo‘qon shahrida nuroniylar, imom xatiblar, davlat xizmatchilari va mehnat faxriylari, ilm-fan arboblari, tarix, adabiyot namoyondalari, mahalla faollaridan iborat oqsoqollar kengashi va ota-onalar guruhi qisqa muddatda o‘zim raxbarligimda tuziladi. Ularni dasturlari faoliyat tartibi ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatishga bino ajratilib, moliyalashtiriladi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tganlaridek “Har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdur”.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Qo‘qon Musiqali drama teatri qoshida milliy cholg‘ular ansambli tashkil etiladi.

Nabi Rahimov va Xamza Umarov xotirasiga bag‘ishlangan vodiy va qo‘shni Respublikalar teatrlari jamoalari o‘rtasida halqaro teatr festivali o‘tkaziladi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida “Yangi O‘zbekistonning yangi yoshlari” ansambli tashkil etiladi.
Xurmatli xamshaxarlar, Yurtboshimizning shaxrimiz rivojlanishi, fukarolarimizning farovonligi uchun bergan anik kursatmalari men va shaxrimizning barcha raxbarlari uchun xarakat dastkri bulib xizmat kiladi.
Ayni paytda, shunday ulug ishlar boshlanishida, barchamizni yaxshi niyatlar bilan birgalikda xarakat kilishimiz zarur.
Nuroniy onaxon va otaxonlarimiz uz duolari bilan, tajribali mutaxassislarimiz uz maslaxatlari va ishlari bilan, gayratli, shijoatli yoshlarimiz uz mexnatlari bilan
bu rejalarni amalga oshirishda men bilan xamfikr, xamnafas bulishsa albatta rejalarimiz amalga oshadi.
Bizga, shaxrimiz axolisining yakdilligi va yaxshi niyatlariga Alloxning uzi madad bersin.

Click to listen highlighted text!