Marufjon Usmonov uchastka nozirlari bilan muloqot qilib, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan tizimli ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Shahar hokimi mavjud muammo-masalalar bilan ham qiziqib, xizmat vazifasida kompyuterga muhtoj bo‘lgan nozirlarga kompyuter jamlanmalarini tantanali ravishda topshirdi.