Anqaradagi Koru Xelz Grup (https://www.koruhastanesi.com/) (Koru Health Group) korporatsiyasi vakillari va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda Qo‘qon shahridagi Eksklyuziv Xotel’ Biznes MChJga qarashli binoda Turkiyaning ilg‘or tibbiyot texnologiyalariga asoslangan ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish, tibbiyot sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
📌 Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida ma’lumot berib, tibbiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishinim ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mutasaddilari ham ishtirok etib, Turkiyalik hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashdilar.