Fri. May 24th, 2024

Marufjon Usmonov Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Raxmonzodani Xudoyorxon O‘rdasi bilan tanishtirib, Qo‘qon shahrining qadimgi madaniyati va tarixi xususida ma’lumot berdi.

Samimiy muloqot chog‘ida Qo‘qon shahri va Tojikiston Respublikasining shahrimizga chegaradosh hududlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, madaniyat, gumanitar sohalarda hamkorlik masalalari muhokama etildi.