Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov maktablarda darslarga surunkali qatnamayotgan o‘quvchilar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan yoshlar bilan uchrashib, muammo va masalalarini o‘rgandi.
Xususan, dars vaqtida tirikchilik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilarni maktabga qaytarish choralari ko‘rildi. Voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb etayotganlar javobgarlikka tortildi.
Shu bilan bir qatorda, maktabni bitirib, ishsiz yurgan yoshlarni bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rildi.
Transport vositasini ta’mirlash uchun moddiy yordam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun kredit ajratilishida yordam so‘rab murojaat qilgan yoshlarning masalalari joyida ijobiy hal etildi.