Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 28-“Achiqko‘l” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda hokim yordamchisi tomonidan taklif etilgan tadbirkorning masalasini joyida borib o‘rgandi.

 

“Kafolat qurilish biznes imkon” korxonasi rahbarining yangi olib kelgan uchkunalarini elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha qilgan murojaatini Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqdi. Mutasaddilarga tadbirkorga korxonasini elektr tizimiga ulash uchun tejamkor takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.