Wed. Jun 26th, 2024

40-“Nurafshon” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov aholiga non mahsulotlari yetkazib berish faoliyati bo‘yicha murojaat qilgan tadbirkorlarning murojaatini ko‘rib chiqdi. Mutasaddilarga taqdim etilgan loyihani shaharsozlik normalariga mos kelishini o‘rganib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Qabulda boshqa bir qator tadbirkorlarning ham ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalari ko‘rib chiqilib, murojaatdagi masalalar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.