Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi orqali ro‘yxatga olingan fuqarolarni qabul qildi.

 

Qabulda fuqarolarning murojaatlarini hal etishda shahar hokimining o‘rinbosarlari, mahallalar raislari va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

 

Qabulda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining muammo-masalalarini joyida hal etish choralari ko‘rildi. Ijrosi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, shahar hokimining nazoratiga olindi.