Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Dec 7th, 2024


Ichki ishlar boshqarmasi, soliq inspeksiyasi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi, davlat xizmatlari agentligi, bozorlar mutasaddilari ishtirokida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sanoat bozorlarida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Marufjon Usmonov tadbirkorlar o‘rtasida davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy faoliyat olib borish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.

 

Davlat ro‘yxatidan o‘tish va faoliyatini tiklash istagini bildirgan tadbirkorlarga sanoat bozorlari hududida faoliyat olib borayotgan mobil davlat xizmatlari shahobchasida xujjatlarni rasmiylashtirish tavsiya etildi.

 

Shu bilan bir qatorda, shahar hokimi tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik masalalari, sanitariya qoidalariga amal qilinishiga ham e’tibor qaratib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

Click to listen highlighted text!