Marufjon Usmonov korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish, muqobil energiya manbaalaridan foydalanishni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.
Turkiya, Germaniya va Italiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada sutni qayta ishlash orqali qatiq, smetana, tvorog, pishloq, qaymoq, brinza kabi 20 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Shahar hokimi ishlab chiqarish jarayoni, istiqboldagi rejalar bilan qiziqib, mavjud muammolarni o‘rgandi.