Marufjon Usmonov mas’ul idoralar mutasaddilari bilan muloqot qilib, Renovatsiya dasturi qamrovini kengaytirish, davlatimiz rahbari tashabbuslari doirasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari loyihasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, qurilish ishlarini jadallik bilan, sifatli qilib amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Qo‘qon shahrining ertangi qiyofasi aholi uchun qulay, maktab, bog‘cha kabi infrastruktura obyektlarini o‘z ichiga jamlagan energiya-tejamkor va innovasion ko‘p qavatli uylar bilan bog‘liq, maqsadimiz-aholiga qulaylik yaratish”, dedi Marufjon Usmonov mutasaddilar bilan muloqot chog‘ida.