Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda yurtimizda ro‘y berayotgan tarixiy o‘zgarishlar natijasida ommaviy axborot vositalarini erkin fikr minbariga, xalqimiz manfaatlarining faol himoyachisiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin, ijtimoiy muhit yaratilganini ta’kidlab o‘tib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
“Qo‘qon sadosi” gazetasi bosh muharriri Atxamjon Mirsaidov ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik izxor etib, shahrimizda ommaviy axborot vositalari oldida turgan dolzarb vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.