Sat. Jun 22nd, 2024

Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 2700 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi. 1800 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, 374 nafar fuqaro kasbga o‘qitildi. 311 nafar fuqaroga subsidiya asosida dastgohlar berildi, 43 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.

Shahar hokimi bo‘lim faoliyatini yana-da samarali tashkil etish, xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirish, bu borada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, sohada raqamli texnologiyalardan keng foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.