Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari va mutasaddi idoralar mas’ullari ishtirokida chaqiruvchilarni mudddatli xizmatga layoqatini aniqlaydigan tibbiy komissiya faoliyati, chaqiruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Qo‘qon shahar hokimi tibbiy xodimlar bilan muloqot qilib, mavjud muammo va kamchiliklar bilan qiziqdi. Mutasaddilarga tibbiy ko‘rikni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.