Thu. Apr 25th, 2024

Xususan, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Isfara guzar” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.

 

✍️ Rashidxon Minavvarov, Mahmudjon Isaqov, Bahromjon Abdullaevlarning xonadonlarida tashkil etilgan ishlab chiqarishlar bilan tanishgan shahar hokimi mavjud muammolar bilan qiziqdi. Murojaatlardan kelib chiqib mutasaddilarga dastgoh sotib olish uchun subsidiya, kredit va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer maydoni ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

 

“Isfara Guzar” mahallasidagi “Shu’lai jahon” korxonasi faoliyati bilan ham tanishgan Marufjon Usmonov kasanachilikni rivojlantirish, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.