Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Sinzyan-Uyg‘ur avtonom hududidagi Kuytun shahriga yetib keldi.
Qo‘qon shahri bilan birodar shaharlar memorandumiga imzo chekkan Altay Saken Qo‘qon shahar hokimi boshchiligidagi shahrimiz delegatsiyasini iliq kutib oldi.
Ayni paytda Kuytun munitsipalitetida tomonlar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, yangi investision loyihalar muhokama etilmoqda.
Tashrif doirasida rasmiylar va ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasida muloqotlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz Altay Saken Marufjon Usmonovni Qo‘qon shahriga qilan tashrifi davomida Kuytunga taklif etgan edi.