Xususan, yong‘indan talofat yetgan ikki qavatli savdo markazi o‘rnida barpo etilgan zamonaviy pavil’on uchun tayyorlangan rasta namunasi tadbirkorlar bilan muhokama etildi.
Marufjon Usmonov fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib, muammo-masalalarini hal etish choralarini ko‘rdi.
Shahar hokimi, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamrohligida bozorlar va bozorlarga tutash bo‘lgan aholi xonadonlarida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga ishlarni jadallik bilan, sifatli qilib nihoyasiga yetkazish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.