Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kichik yer maydonlarida qulupnay yetishtirish bo‘yicha innovasion loyiha bilan tanishdi.
Tadbirkor issiqxonlarda stellaj uslubida qulupnayning maxsus turini yetishtirish loyihasi bir yilda 100 ming dollardan ziyod daromad topish imkonini berishini ta’kidlab o‘tib, loyiha rivoji uchun subsidiya ajratilishida yordam so‘radi.
Marufjon Usmonov issiqxonalarni energiya ta’minoti uslublari bilan qiziqib, bu borada mahalliy ob-havo sharoitiga mos manbaalar tanlanishini lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Mutasaddilarga tadbirkorning loyihasini rivojlantirishda ko‘mak berish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.