O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston, Armaniston, Belarus’, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Fransiya kabi davlatlardan sanoat kompaniyalari vakillari, ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.
«O‘zekspomarkaz»da ishtirokchi korxonalarning mashinasozlik, metallurgiya, energetika, axborot texnologiyalari, farmasevtika va tibbiyot sohalarida erishgan yutuqlari taqdim etilgan.
Sanoat ko‘rgazmasida Qo‘qon shahridagi korxonalar ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘rgazmada o‘zaro manfaatli eksport import shartnomalari tuzilishi rejalashtirilgan.