Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning qabulida I – guruh nogironi Sufieva Xurshidaxon Toshkent shahrida davolanish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Marufjon Usmonov fuqaroning murojaatini qanoatlantirib, qushimcha muammo va masalalar, Xurshidaxonning qiziqishlari, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga Xurshidaxonga noutbuk yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Xalq qabulxonasi, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida o‘takzilgan qabulda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rildi.