Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Marufjon Usmonov, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari Ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi Usmonjon Rahimovning xonadonida bo‘lib, Prezident sovg‘alarini yetkazdilar.
Qo‘qon shahar hokimi davlatimiz rahbarining Usmonjon Rahimovga 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan yo‘llagan shaxsiy tabrigini o‘qib eshittirib, esdalik sovag‘alari hamda 18 million so‘m pul mukofotini topshirdi.
Usmonjon Rahimov e’tibor uchun Prezidentimizga o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor etib, tinch va musaffo osmon, dorilomon kunlarga shukronalik bilan duolar qildi.