Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Xalq qabulxonasi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida fuqarolarning murojatlarini ko‘rib chiqdi.

 

Joyida hal etilmagan murojaatlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, mahalla mutasaddilari mas’ul etib belgilandi. Ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini hal etish uchun ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

28 iyul’ kuni murojaatlari ko‘rib chiqilmagan fuqarolar uchun 29 iyul’ kuni ham qabul o‘tkazildi. Qabulda Marufjon Usmonov 50 dan ziyod murojaatlarni ko‘rib chiqdi. Ikki kun davomida fuqarolarning turli mavzudagi 100 dan ziyod ijtimoiy muammolari hal etildi.