Thu. Apr 18th, 2024

Mahallalarda o‘tkazilayotgan “xonadonbay” o‘rganishlar doirasida Qo‘qon shahar hokimi “Chorchinor” mahallasidagi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Xususan, ijtimoiy ro‘yxatda turadigan oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganilib, subsidiya asosida uy-joy sotib olish tartibi tushuntirildi. Oila boshlig‘ini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida ishga joylashtirish choralari ko‘rildi. Murojaat bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mahalladagi hokim yordamchisi mas’ul etib belgilandi. Topshiriq ijrosi shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.