Marufjon Usmonov festival mehmonlari bilan eng yuqori darajadagi hurmat, ahloq va odob bilan muomala qilish, Qo‘qon shahrining qadimgi madaniyati, tarixi va hunarmandchiligi haqida ma’lumot yetkazish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Shahar hokimi shahrimiz haqidagi qiziqarli faktlar, tarixiy voqealar, yurtimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan hamshaharlarimiz, shoir va yozuvchilar xususida, o‘ziga xos, qiziqarli tarzda so‘zlab berdi.
Festival tadbirlarini hamkorlikda, yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar berdi.