Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektor rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahar IIO FMBda o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Shahar hokimi davlatimiz rahbarining Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, Qo‘qon shahrida xizmat olib borayotgan barcha ichki ishlar xodimlarni muborakbod etdi.
Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari, namunali xizmatlari bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir qator ichki ishlar xodimlariga Tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Tadbirda Prezident Farmoniga asosan Jasorat medali bilan taqdirlangan Qo‘qon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili Ma’rufjon Tillaxujaev ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik izxor etib, yanada yuksak shijoat va matonat bilan xzmat qilishini bildirdi.