Sat. Jun 22nd, 2024

“China construction” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Qo‘qon shahrida logistika markazi, ko‘p qavatli uylar va savdo markazlarini barpo etish masalalari muhokama etildi.

Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrida bu borada mavjud imkoniyatlar, shahrimizda sarmoya kiritish uchun mavjud imkoniyatlar va sharoitlar hususida ma’lumot berdi.

Muloqot so‘nggida aniq loyihalar bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.