Tue. May 14th, 2024

Kompleks kasalliklardan joyiga mihlanib qolgan onaxon bilan suhbat qilgan Marufjon Usmonov oila boquvchisi-o‘g‘il farzandi ham ayni paytda hastalanib ishga bora olmay qolganini aniqladi. “Dori-darmonga pulimiz yetmayapti, juda qiynalib ketdik” Marufjon Usmonov oilaga darhol bir million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatdi.

Turli hastaliklardan aziyat chekayotgan onaxonga nogirnlik nafaqasini tayinlashda ko‘maklashish, farzandini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, salomatligini tiklashga yordam berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Muloqot chog‘ida ushbu oila istiqomat qilayotgan xonadon xam egalariga rasmiylashmagani aniqlandi, muammo bitta moddiy yetishmovchilik.

Marufjon Usmonov mas’ullarga davlat boji to‘lovini homiylik asosida to‘lab berish yuzasidan topshiriq berdi. Minnatdorchilik, duolarda davlatimiz rahbariga omonlik, yurtimizga tinchlik osoyishtalik tilandi.