Qo‘qon shahridagi harbiy qismda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuchlari tashkil topganining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari, polkovnik Alisher Norboev, Sharqiy harbiy okrug ko‘mondoni, polkovnik Lutfullo Buzrukov, Qo‘qon shahar hokimi Maruufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, harbiylar va Maxsus operatsiyalar kuchlari faxriylari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Milliy armiyamizni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida to‘xtalib o‘tib, harbiylarni maxsus operatsiyalar kuchlari tashkil topganining 24 yilligi bilan muborakbod etdi.
Tadbirda Qo‘qon fidokorona xizmatlari bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh harbiylarga Mudofaa vazirligining tashakkurnomalari, esdalik sovg‘alari va navbatdagi harbiy unvonlarni topshirildi.