Bu safargi qabulda ham fuqarolarga katta ekranda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga oid motivasion videolar namoyish etildi.
Marufjon Usmonov mutasaddi rahbarlar, mahallalar mas’ullari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish choralarini ko‘rdi.
Qabulda ehtiyojmand aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bilan bir qatorda daromad topishga undash, bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shahar hokimi tadbirkorlik sub’ektlarining ham murojaatlarini o‘rganib, masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.