Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

Marufjon Usmonov aholi murojaatlaridagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini qabul qildi.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning uy-joy ijara to‘lovi, bir martalik moddiy yordam va salomatligini tiklash borasidagi murojaatlari qanoatlantirildi.

Bir necha ehtiyojmandlarga shu yerning o‘zida “Mahalla” xayriya jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy to‘plamlar topshirildi.

Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalalari kun tartibidagi eng muhim muammolardan bo‘lib, shahar hokimi mahalla tizimi mutasaddilariga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Click to listen highlighted text!