Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 4-“G‘ishtli masjid” mahallasida ehtiyojmand fuqarolar xonadonida bo‘lib, ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi.
Xususan, ayollar daftarida turadigan fuqarolarga tikuv dastgohlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh turgan binodan, ijara shartnomasi asosida, joy ajratildi.
Uy-joy uchun subsidiya olish istagini bildirgan fuqaroning daromadini ipoteka krediti to‘loviga yetadigan darajaga ko‘tarish choralari ko‘riladi.