Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar va Qo‘qon shahar hokimligida hokim qabuliga ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning masalalarini ko‘rib chiqdi.
Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha mahalla mutasaddilari ham mas’ul etib belgilandi. Moddiy yordam, uy-joy ta’miri, fuqarolar salomatligini tiklash va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirkorlar murojaatlari ham o‘rganilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha topshiriqlar berilib, Qo‘qon shahar hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.