Qo‘qon shahar hokimligi va Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat etgan fuqarolar qabulida davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, muddati kechiktirilgan kredit to‘lovlari bilan bog‘liq murojaatlar va tadbirkorlik subyektlarining savdo do‘konlari bilan bog‘liq masalalar ijobiy hal etildi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan ham alohida topshiriqlar berilib, ijrosi Qo‘qon shahar hokimining nazoratiga olindi.