Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish maqsadida 1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tomonidan o‘tkazilgan qabulda mutasaddi idora-tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdilar.
Qabulda fuqarolardan kelib tushgan 30 ta murojaatdan 17 tasi qabulda hal etildi, 8 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilib, 5 tasining ijrosini ta’minlash va nazorat qilish bo‘yicha shahar hokimining o‘rinbosarlari va mutasaddi idoralar vakillari biriktirildi.